Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litsenziyasiz tibbiy faoliyat olib borgan xususiy klinika aniqlandi
18:53 / 2023-06-09

“INTERMED INNOVATION” MCHJ tomonidan Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan 3-son oilaviy poliklinika binosida litsenziyasiz tibbiy faoliyat olib borilgani aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan so‘ng, mazkur MCHJga moliyaviy jarima belgilanib, vazirlikning bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalardan iborat qarori qabul qilingan. Ammo “INTERMED INNOVATION” ushbu talablarni bajarmay, boshqa qator manzillarda ham o‘z noqonuniy faoliyatini litsenziya olmasdan davom ettirib kelgan.

Oqibatda SSV Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga “INTERMED INNOVATION” MCHJga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2021 yil 18 fevral kuni berilgan 043023-sonli litsenziyani bekor qilish va 90 million so‘m jarima undirishni so‘rab ariza kiritgan. 2023 yil 31 may kuni sud bu talablarni qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilgan.

Shundan kelib chiqib, “INTERMED INNOVATION” MCHJga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2021 yil 18 fevralda berilgan litsenziya rasman bekor qilingan.

O‘zA