Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-tamoillarining soddalashtirilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi
12:28 / 2024-07-16

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarining soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

eksport nazorati ob’ektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma, maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun litsenziyani bekor qilish orqali maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun ruxsatnomaga birlashtirish;

maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya pasportini tasdiqlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma pasportini tasdiqlash;

ayrim ruxsat berish tartib-taomillarini, shuningdek, litsenziyalash, ruxsat berish jarayonlarida takrorlanuvchi tartibotlarni bekor qilish;

litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish sohasida vakolatli organlarning nomlarini davlat boshqaruvida amalga oshirilgan ma’muriy islohotlarga muvofiqlashtirish;

litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda muddatlarni ish kuniga o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mazkur qaror bilan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bir oy muddatda “Litsenziya” axborot tizimida joriy qilinishini ta’minlaydi.

O‘zA