Liradagi “temir bulut” sirlari
Astronomlar Lira yulduz turkumida g‘ayrioddiy tarkibga ega bo‘lgan “temir bulut”ni aniqladi. U Yerdan taxminan 2400 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Kardiff universiteti va London Imperial kolleji olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, mazkur ob’ekt o‘z hayot siklining oxirida keskin kengaygan yulduz tomonidan yo‘q qilingan toshli sayyoradan qolgan moddalar bo‘lishi mumkin. Biroq olimlar bu hali aniq xulosa emas, balki ilmiy taxminlardan biri ekanini ta’kidlaydi.
Tadqiqotchilar fikricha, ushbu topilma yulduzlar faoliyati tugaganidan keyin atrofidagi sayyoralar bilan nima sodir bo‘lishini tushunishga yordam beradi. Ayniqsa, bu Quyosh tizimining kelajagini tasavvur qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Olimlarning aytishicha, bir necha milliard yildan keyin Quyosh o‘z energiya zaxiralarini tugatib, ulkan qizil yulduzga aylanadi va kengayish jarayonida Merkuriy, Venera hamda ehtimol Yerni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Mutaxassislar bunday kuzatuvlar sayyoralar tizimlarining shakllanishi, rivojlanishi va yo‘q bo‘lishi jarayonlarini o‘rganishda muhim ilmiy ma’lumotlar berishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/PiLn5cmBdw0?si=lnswnBwAmHG7dT_q" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA