The Associated Press agentligining xabar berishicha, 34 yoshli argentinalik futbolchi Fransiyaning "PSJ" klubi bilan ikki yillik shartnomaga qo‘l qo‘ygan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi bugun Fransiyaga uchib ketadi. Shuningdek, u "Barselona" bilan karerali aloqasi tugaganini rasman e’lon qilgan.
Messining "PSJ" klubidagi yillik maoshi taxminan 35 million yevroni tashkil etadi.
Messining otasi ham "Barcelona-El Prat" aeroportida jurnalistlar bilan qisqa suhbatda o‘g‘lining "PSJ"ga o‘tganini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, Messi Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar va fransiyalik jahon chempioni Kilian Mbappe bilan hujum chizig‘ida to‘p suradi.
"PSJ" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino argentinalik futbolchi bilan muloqotda bo‘lib turganini aytgan. "Barselona" o‘tgan payshanba kuni Messi jamoadan ketishi haqida xabar bergan edi. O‘shandan beri murabbiy futbolchini klub safiga ko‘shib olishni maqsad qilgan.
"PSJ" Messi bilan qator sovrinlarni, jumladan, Yevropa Chempionlar ligasini yutishga umid qilmoqda.