Lionel Messi futbol tarixida eng yaxshi assistentga aylandi (+video)
AQSHning Sinsinnati shahrida MLS chempionati pley-off bosqichi chorak finalida «Sinsinnati» va «Inter Mayami» jamoalari raqobatlashdi. Uchrashuvda «Inter Mayami» 4:0 hisobida zafar quchdi.
Ahamiyatlisi, «Inter Mayami» jamoasining sardori va yetakchi futbolchisi Lionel Messi bir bor raqib darvozasiga gol urdi va uchta golli uzatma amalga oshirib, tarixda eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchiga aylandi.
Aniqroq aytganda, mashhur argentinalik futbolchi karerasi davomidagi jami golli uzatmalari soni 404 taga yetdi – bu afsonaviy sobiq vengriyalik hujumchi Ferens Pushkash qayd etgan natijaga teng. Turli manbalar Pushkashning aynan shuncha golli uzatmasi bo‘lganini aytishsa-da, rasmiy statistika yoki protokollar bilan buni tasdiqlamagan.
Shu tariqa, Lionel Messining navbatdagi har bir golli uzatmasi futbol tarixida eng yaxshi natija sifatida e’tirof etiladi.
<iframe width="482" height="857" src="https://www.youtube.com/embed/nzbnPwe2HAE" title="Lionel Messi futbol tarixida eng yaxshi assistentga aylandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA