Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Limon hosili sayli”
15:54 / 2025-11-06

Andijon viloyati Baliqchi tumani Qumtepa mahallasida limon yetishtiruvchilar, mahalliy tadbirkorlar va agrar sohaning mutaxassislari ishtirokida “Limon hosili sayli” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida limonchilik sohasida erishilgan yutuqlar, yangi texnologiyalar va innovatsion usullar bilan qurilgan issiqxonalarning samarali ishlashi natijalari taqdim qilindi. Mahalliy dehqonlar va fermerlar mehnati orqali yaratilgan natijalar aholi turmush darajasini oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Mahalliy tadbirkorlar va fermerlar yangi texnologiyalar va innovatsion yo‘nalishlardan foydalanib, mahalliy hamda jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga intilmoqda. Limonzorlar esa, ayniqsa, eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sishiga hissa qo‘shmoqda.

Tadbir doirasida “Turonbank” ATB vakillari limonchilikni rivojlantirish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va imtiyozli kreditlar haqida ma’lumotlar berdi. Bu yosh tadbirkorlar va fermerlar uchun faoliyat boshlashda qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

Ishtirokchilar o‘z tajribalari va o‘rgangan bilimlari bilan bo‘lishib, issiqxonalarda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar va agrotexnologiyalar bo‘yicha fikr almashdi. Bu yillar davomida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida har bir mahallada yangi mevazorlar paydo bo‘lmoqda.

[gallery-26105]

Tadbir ishtirokchilari mehnat, fidokorlik va zamonaviy texnologiyalarning uyg‘unligi orqali agrar sohadagi rivojlanishning namunasi ekanini ta’kidladi.

Faxriddin Ubaydullayev,

Zuhriddin Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari