English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Liftlar bilan bog‘liq 4 ta baxtsiz hodisada 5 kishi halok bo‘lgan
18:15 / 2022-12-19

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Malika Mirjamolovaning ma’lum qilishicha, so‘nggi 2 yilda liftlar bilan bog‘liq 4 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va oqibatda 5 kishi halok bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, respublikadagi ko‘p qavatli uylarda jami 6 ming 200 dan ortiq lift qurilmalari mavjud. Shulardan 5000 dan ziyodi Toshkent shahrida o‘rnatilgan. Liftlarning 290 dan ortig‘i o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, kapital ta’mirtalab.

O‘zbekistonda 2015 yildan boshlab 780 ga yaqin ko‘p kvartirali turar joylar qurilgan bo‘lib, ularda jami 2000 dan ziyod lift qurilmalari o‘rnatilgan va bu ko‘rsatkich tobora oshib bormoqda.

Liftlardan foydalanishda xavfsizlik talablarini bajarmaganlik oqibatida 2021-2022 yillar davomida jami 4 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va natijada 5 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.

O‘zA