Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Lider o‘qituvchilar” hamda “Robo-coding“ olimpiadalari bo‘lib o‘tdi
17:49 / 2024-01-06

Poytaxtimizda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida matematika va kimyo fanlari bo‘yicha tashkil etilgan “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Robo-coding” olimpiadalarining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Qishki ta’til kunlarida o‘quvchilarning ijodiy va eksperimental qobiliyatini rivojlantirish hamda qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha ikki bosqichli “Robo-coding“, ya’ni Robo-kodlash olimpiadasi tashkil etildi. 

Robo-kodlash olimpiadasining respublika bosqichi joriy yilning 5 yanvar kuni Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda birinchi o‘rinni Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Nastarinbonu Ismatova va Jahongir Jo‘rayev, ikkinchi o‘rinni Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari Islom Zinhaydarov va Malika Hojamuratova, uchinchi o‘rinni esa Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Usmonjon Muhammadaliyev va Iskandar Sodiqjonov qo‘lga kiritdi. 

9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi bahslarda esa birinchi o‘ringa Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Rahmatullayev va Nozimjon Abdurahimov, ikkinchi o‘ringa Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Beksultan Bazarbayev va Manzilbek Karlibayev, uchinchi o‘ringa esa Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Ibrohimov va Abdulahad Nabiyev loyiq topildi. 

Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablarning matematika va kimyo fani o‘qituvchilarining mahorati va bilim darajasini oshirish, ularning o‘z iqtidorini namoyon etishida ko‘maklashish hamda kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi tashkil etildi. 

Mazkur olimpiadaning respublika bosqichi 5 yanvar kuni Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazildi. 

Olimpiada natijalariga ko‘ra matematika fanidan birinchi o‘ringa Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abbos Muhammedov, ikkinchi o‘ringa Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Komil Sodiqov, uchinchi o‘ringa esa Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Musoxon Tursunov loyiq deb topildi. 

Kimyo fanidan o‘tkazilgan sinovlarda esa, birinchi o‘rinni Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilshod Norqulov, ikkinchi o‘rinni Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Omadillo Zokirov, uchinchi o‘rinni Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Doniyor Tohirov qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘ldi. 

N.Usmonova, O‘zA