LG Electronics kompaniyasi yuqori taktil ta’sirga ega va intensiv harakatlaniladigan hududlarni dezinfeksiyalash maqadida C (UV-C) ultrabinafsha nuridan foydalanadigan avtonom robotni ishlab chiqdi.
Kompaniya UB-robotini 2021 yil boshida AQSH dagi mehmonxonalar, korporativ va ta’lim maskanlariga taklif etishni rejalashtirmoqda.
- Ushbu avtonom UB-robot mehmonlar, talabalar va restoran mijozlari uchun xavfsizlik va gigiyena eng muhim bo‘lgan paytda paydo bo‘ldi, – deydi LG Business Solutions kompaniyasining vitse-prezidenti, robotlar bo‘limi rahbari Ro Kyu-chan.
- LG kompaniyasining yangi roboti eng ko‘p foydalaniladigan hududlarni dezinfeksiyalashga yordam beradi.
Robot avtonom tuzilmasi tufayli bitta batareyasi bilan har qanday joyda bemalol harakatlana oladi va 15 daqiqada dezinfeksiyalaydi.
LG robotlari foydalanishga oson qilib loyihalashtirilgan, ular xodimlarning maxsus tayyorgarligini talab qilmasdan istalgan tozalash joylariga joriy qilinishi mumkin. Xodimlar mobil telefonlari yoki planshetlaridagi ilova orqali uni kuzatishlari mumkin. Ultrabinafsha nurlari ta’siri inson harakatini aniqlaydigan datchiklar bilan ishlaydigan saqlagich yordamida minimallashtirilgan.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA