Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Lazzat non”ning xushta’m nonlari
18:06 / 2015-05-27

Xorazm viloyatining Urganch shahridagi “Lazzat non” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tayyorlanayotgan non va non mahsulotlari sifati va xushta’mligi bilan aholiga manzur bo‘lmoqda.

Xorazm viloyatining Urganch shahridagi “Lazzat non” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tayyorlanayotgan non va non mahsulotlari sifati va xushta’mligi bilan aholiga manzur bo‘lmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish hamda aholi bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada kuniga 1,5 tonna un qayta ishlanib, o‘n turdagi non va non mahsulotlari tayyorlanmoqda.

– Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida shaharu qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholi farovonligi tobora yuksalib borayotir, – deydi korxona rahbari Munisbek Shomurotov. – Asosan yoshlar mehnat qilayotgan korxonamiz mahsulotlarining bir qismi tegishli korxona va ijtimoiy muassasalarga yetkazib berilayotgan bo‘lsa, qolgani bozorda sotilmoqda. 

Korxonada kelgusida mahsulot turini ko‘paytirish va qandolatchilikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.