Lazizbek ham Olimpiada chempionligi uchun jang qiladi
Fransiya mezbonligida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalarida Lazizbek Mullajonov yarim final bosqichida ringga ko‘tarildi.
Vazni 92 kilogrammgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Lazizbek final yo‘llanmasi uchun tojikistonlik Davlat Boltayevga qarshi ringga ko‘tarildi. Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda charm qo‘lqop ustamiz zafar quchdi.
Endi Lazizbek “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining oltin medali uchun o‘tadigan jangda ozarbayjonlik Loren Alfonso Dominges bilan bellashadi. Bu to‘qnashuv mamlakatimiz vaqti bilan 10 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA