Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Lazgi» xalqaro raqs festivali respublika tanlovining g‘oliblari aniqlandi
20:18 / 2024-04-14

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi «Lazgi» xalqaro raqs festivali respublika tanlovini e’lon qilgan edi.

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida ushbu xalqaro raqs festivali ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblari quyidagicha saralab olindi:

Yakkaxon ijrochilar yo‘nalishida:

1-o‘rin Oksana Davletova (Xorazm viloyati);

2-o‘rin Fotima Narzullayeva (Toshkent shahri);

3-o‘rin Islom Haydarov (Toshkent shahri).

Jamoaviy ijrochilar yo‘nalishida:

1-o‘rin O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Lazgi» ashula va raqs ansambli;

2-o‘rin O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati raqs ansambli;

3-o‘rin «Buxoro mavjlari» ansambli.

Hakamlar hay’ati qaroriga asosan, g‘olib deb topilgan ishtirokchilar, Madaniyat vazirligi tomonidan joriy yilning 25-30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida «Lazgi» xalqaro raqs festivali doirasida o‘tkaziladigan xalqaro tanlovda ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

N.Usmonova, O‘zA