Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Lazgi” raqsi UNESCO reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikat Xorazm viloyati hokimligiga topshiriladi
12:46 / 2020-02-04

UNESCO bosh direktori Odri Azule xonim tomonidan imzolangan Xorazm “Lazgi” raqsini Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikat Xorazm viloyati hokimligiga saqlash uchun topshiriladi.

Avval xabar berilganidek, UNESCO Xorazmning “Lazgi” raqsini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida kiritgan edi. 

Mazkur qaror 12 dekabr kuni Bogota (Kolumbiya)da UNESCO nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 14-sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan Baxshichilik san’ati va etnik sport turlarini ham ushbu ro‘yxatga kiritishga doir ishlar olib bormoqda.