English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik belgilanmoqda
12:11 / 2025-07-22

So‘nggi paytlarda portativ lazerli nur tarqatgichlarni O‘zbekiston Respublikasiga qonunga xilof ravishda olib kirish va ulardan foydalanish holatlarining ko‘payishi fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, havo kemalari parvozlarining xavfsizligi, jamoat tartibiga yuqori darajadagi tahdidlar tug‘dirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda portativ lazerli nur tarqatgichlarni O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirish bilan bog‘liq 55 ta holat aniqlangan bo‘lib, 18 ming 845 nur tarqatuvchi olib qo‘yilgan. Vazirlar Mahkamasining 2013 yildagi tegishli qarori bilan bunday vositalarni mamlakatimizga olib kirish va sotish taqiqlangan bo‘lsa-da, ularning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik belgilanmagan.  

Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi bilan portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Mazkur qonun loyihasi quyi palata majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, qonun loyihasida portativ lazerli nur tarqatgichlarning muomalasi sohasida nazorat va ta’sir choralarining samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va undan jabrlanish holatlarini bartaraf etish nazarda tutilgan.

Muhokamalarda loyihaning dolzarbligi, mas’ul qo‘mita tomonidan maromiga yetkazib ishlangani qayd etilib, ikkinchi o‘qishda ham moddama-modda ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA