Laylo Hasanova jahon chempioni
Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi.
Unda umidli sportchimiz Laylo Hasanova o‘z vazn toifasida barcha raqibalari ustidan g‘alaba qozonib, dunyo birinchiligida tengsiz bo‘ldi. Shuningdek, terma jamoamiz a’zolaridan Dilmurod Ma’rufjonov kumush, Sofiya Xan esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi dunyo birinchilining ikkinchi kunida 1 oltin, 1 kumush va 6 bronza jami 8 ta medal jamg‘arishga ulgurdi.
Musobaqa davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA