Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lavrov Ukrainadagi nizoga barham berish shartlarini ma’lum qildi
14:27 / 2025-07-29

Rossiyaning Ukrainadagi mojaroni tartibga solish shartlariga Kiyevni NATOga jalb qilmaslik, alyans kengayishini to‘xtatish va hududlarni tan olish kiradi, dedi RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 11-Umumrossiya yoshlar forumida. – Biz o‘z xavfsizligimizni ta’minlashimiz kerak. NATO qabul qilingan barcha va’dalar va hujjatlarga qaramay, allaqachon bizning chegaralarimizgacha kengaydi.

Bundan tashqari, Lavrov Kiyev Moskvaning Rossiya konstitutsiyasida mustahkamlangan hududiy shartlariga rozi bo‘lishi kerakligini ham qo‘shimcha qildi.

– Albatta, konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan bandlarni e’tirof etishdan boshqa yo‘l yo‘q, – dedi u.

S.Rahimov, O‘zA