French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lavgrouv: Sovuq urush davrida dunyo xavfsizroq edi
09:37 / 2022-07-29

Buyuk Britaniya milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Stiven Lavgrouvning bayonotiga ko‘ra, “jahonning yetakchi kuchlari sovuq urush davrida bir-birini yaxshiroq tushunishgan”. Bu haqda “Bi-Bi-Si” xabar bermoqda.

Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, ayni payt “poytaxtlar o‘rtasidagi muloqot yetarli darajada emas”.

Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida so‘zga chiqqan Lavgrouv g‘arb yadro urushini boshlashi xavfi borligi, bu jarayonda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi aloqa mustahkam emasligini ta’kidladi.

Lavgrouv ommaviy qirg‘in qurollari tobora keng tarqalib ketayotganidan ham xavotir bildirib, “mart oyidan beri AQSH Prezidenti Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin endi muloqotga kirishgani”ga urg‘u berdi.