Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Latviyada "O‘zbekiston madaniyati kechasi" o‘tkazildi
10:07 / 2025-07-01

Latviyaning Yurmala shahridagi "Dzintari" konsert zalida "O‘zbekiston madaniyati kechasi" bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu musiqiy kechada O‘zbekiston xalq artisti Xurshid Rasulov, "Sahar" guruhi solisti Anvar Jo‘rayev hamda "Xalqlar do‘stligi" va "Sharq" ansambllari ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi. Shuningdek, tomoshabinlar latviyalik mashhur opera xonandasi Inessa Galante qo‘shiqlaridan bahramand bo‘ldi.

Tadbirda mamlakatimizning tegishli vazirliklari rahbarlari va oliy o‘quv yurtlarining rektorlari, biznes vakillari, diplomatlar va vatandoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizning Latviyadagi elchixonasi vakillari mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari, islohotlar, O‘zbekiston-Latviya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari haqida to‘xtaldi.

Latviya tomoni o‘z navbatida, O‘zbekistonning so‘nggi yillarda erishgan yutuqlarini yuqori baholadi.  

Qisqa vaqt ichida yangi davlat va jamiyat qurish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.  

Prezident Shavkat Mirziyoyevning pragmatik, muvozanatli va uzoqni ko‘zlagan tashqi siyosati natijasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi hamda global kun tartibiga ta’siri muttasil oshib borayotgani alohida e’tirof etildi.

N.Usmonova,

O‘zA