Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Latviyada koronavirus qurbonlari soni oshmoqda
10:56 / 2022-01-06

Latviyada koronavirusdan o‘lim holatlarining ko‘payishi virusga chalingan bemorlarni davolashda tizimli muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda.

“REGNUM” Latviyadagi portal ma’lumoti bilan asoslagan xabarida epidemiolog Nikita Troyanskiyning fikri berilgan.

Unga ko‘ra: “Bemorlarni boshlang‘ich pallada davolash bo‘yicha tizimli muammo mavjud. Shifoxonalardagi ishlar ko‘ngildagidek yo‘lga qo‘yilmagan”.

Kasallik qurbonlari miqdorining oshishi tibbiy muassasalar faoliyati bilan bog‘liq. Tibbiy xodimlar yetishmaydi, nazorat susaygan, tibbiyotchilar jismonan va ruhan horigan, davolash terapiyasi bo‘limidagi o‘rinlar to‘lgan.

Portal ma’lumotida 2021 yilning dekabrida 364, noyabrda 963, oktyabrda esa 536 kishi kasallik qurboni bo‘lgani qayd etilgan.