Hech kimga sir emas, hozirgi kuchli raqobat sharoitida xorijiy bozorlardan mustahkam joy egallash oson emas.
Ayniqsa, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar uchun.
Elektrotexnika sanoati korxonalarda zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etishda ko‘maklashish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek SOVID 19 pandemiyasi davrida mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalarini qo‘llab quvvatlash maqsadida, «O‘zstandart» agentligi tomonidan Latviyaning SAI "Baltic CG" ekspert guruhi vakili Yevgeniy Kostyuchenko ishtirokida «SE Markirovkasi va Yevropada mahsulotlar importiga qo‘yilgan talablar» mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.
Shu bilan birga, uchrashuvda Yevropa bozorida elektrotexnika mahsulotlariga qo‘yilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora kuchayib borayotganligi sababli SE Markirovkasiga alohida e’tibor berilayotganligini ta’kidlab o‘tildi.
SAI "Baltic CG" ekspert guruhi vakili Yevgeniy Kostyuchenko tomonidan elektrotexnika sanoati korxonalari va ishtirokchilarning qiziqtirgan barcha savollariga to‘laqonli javob berildi.
«O‘zstandart» agentligi
Matbuot xizmati