Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lateksli qoʻlqoplar savdosidan milliarder boʻlishmoqda
12:10 / 2020-06-19

Dunyoning eng koʻp dollari bor kishilari roʻyxatiga Malayziyalik ikki milliarder ham qoʻshildi.


Dunyoning eng koʻp dollari bor kishilari roʻyxatiga Malayziyalik ikki milliarder ham qoʻshildi. Ular boyligini lateksli qoʻlqoplar savdosidan ishlab topishdi. Dunyo boylari klubiga Supermax Corp kompaniyasi asoschisi Tay Kim Sim ham kirdi, deb yozadi Bloomberg.

Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari orasida iqtisodi eng jadal rivojlanib borayotgan Malayziya dunyodagi eng koʻp lateks qoʻlqop ishlab chiqaradigan mamlakat hisoblanadi. Dunyoda ishlab chiqarilayotgan lateksli qoʻlqoplarning 65 foizi Malayziya hissasiga toʻgʻri keladi. Shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarishni kuchaytirish 1980-yilda OITS kasalligi paydo boʻlgandan keyin boshlangan edi.

Qoʻlqoplar ishlab chiqarishning hozirdagi keskin oshirilishi esa koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq boʻlmoqda. Ekspertlarning taʼkidlashicha, epidemiyaning tomom boʻlish muddati hali nomaʼlum, shu bois yangi sharoitda yashashga koʻnikish kerak va turli maqsadlar uchun qoʻlqoplardan foydalanish zarur.

Bu borada Supermax Corp kompaniyasining muvaffaqiyati ayniqsa, qiziq, deydi tahlilchilar. Bozordagi boshqa ishtirokchilar, jumladan, asosiy yetkazib beruvchi hisoblangan Top Glove (aksiyalari 223 foizga qimmatlashdi) va Hartalega (113 foizga oshgan) kompaniyalaridan farqli ularoq, Supermax Corp korporatsiyasi nafaqat yetkazib beruvchi, balki yirik ishlab chiqaruvchi hamdir. Shu bois kompaniya aksiyalari boshqalarnikidan ham koʻp, qariyb besh barobarga qimmatlashdi (394 foiz). Mazkur kompaniya har yili taxminan 24 milliard juft qoʻlqop ishlab chiqaradi. 2019-yilgi hisobotda keltirilishicha, kompaniya rahbariyati 2024-yilga borib yillik ishlab chiqarish hajmini 44 milliard donaga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Koʻpchillik tahlilchilar Supermax Corp aksiyalarini xarid qilishni tavsiya etayotganiga qaramay, ayrim ekspertlar kompaniya aksiyalarini sotib olish xavfli ekanini aytishmoqda. Ularning taʼkidlashicha, agar boshqa mamlakatlar, masalan, xitoylik ishlab chiqaruvchilar faollashadigan boʻlsa Malayziya kompaniyasining daromadi tushib ketishi mumkin.