Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Laser Run City Tour – Tashkent 2025” musobaqasidan fotoreportaj
16:36 / 2025-11-08

Poytaxtimizdagi “Ekopark” hududida “Laser Run City Tour – Tashkent” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martda qabul qilingan “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi o‘rtasida zamonaviy beshkurash va uning tarkibiy qismi bo‘lgan Laser Run sport turini ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqa Xalqaro zamonaviy beshkurash federatsiyasi (UIPM) shafeligi ostida, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi tomonidan yuqori saviyada o‘tkazildi.

[gallery-26139]

Turli yosh toifalaridagi 400 nafarga yaqin professional va havaskor sportchi lazerli otish va yugurish elementlaridan iborat bellashuvlarda o‘z mahoratini namoyish etdi.

Ishtirokchilar orasida maktab o‘quvchilari, talabalar, sportchi qizlar va yosh oilalar ham bor edi. Ular nafaqat g‘alaba uchun, balki sog‘lom turmush tarzi va jamoaviy ruhni targ‘ib qilish uchun bellashdilar.

“Laser Run City Tour” musobaqasi nafaqat sport tadbiri, balki aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishning muhim tashabbusi sifatida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Musobaqa yakunida har bir ishtirokchiga maxsus sertifikatlar topshirildi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilar esa diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA