Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Las-Vegas: Ogʻir atletikachimizdan 2 ta kumush medal
13:51 / 2019-03-10

Shu kunlarda AQSHning Las-Vegas shahri ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda


Shu kunlarda AQSHning Las-Vegas shahri ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Sportchimiz Ogʻabek Nafasov yigitlar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida oʻtkazilgan chiqishlarda kumush medalga sazovor boʻldi. Ogʻabek dastlab dast koʻtarish mashqini 102 kg bilan yakunlab, ushbu yoʻnalishda kumush medaliga ega chiqqan boʻlsa, siltab koʻtarish mashqini 121 kg natija bilan nihoyaladi.

Mazkur natija ogʻir atletikachimizni ikki kurash boʻyicha 223 kg jamgʻarib, umumiy hisobda ham shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan oʻrin olishi uchun yetarli boʻldi.

Hozircha chempionatda qoʻlga kiritilgan birinchi medal Ogʻabek Nafasov taqdim etgan kumush medallar boʻlib turibdi.

Jahon chempionati oʻsmirlar oʻrtasida

AQSH, Las-Vegas

Yigitlar, -55 kg:

1.Serxio Massidda (Italiya) – 228 kg
2. Ogʻabek Nafasov (Oʻzbekiston) – 223 kg
3.Xose Peralta (Meksika) – 217 kg