Laos "Aeroflot"ga mamlakat havo hududidan uchib o‘tishni taqiqlab qo‘ydi
Rossiyaning yirik aviakompaniyasi hisoblangan "Aeroflot"ning Vladivostok – Bangkok yo‘nalishida uchayotgan samolyotlari endi Laos hududini aylanib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Laos "Aeroflot" samolyotlarini o‘z hududi orqali parvozini taqiqlab qo‘ydi, hozir muzokaralar olib borilmoqda, deyiladi RIA Novostiga aviakompaniya bergan xabarda.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, ilgari erishilgan kelishuvga qaramay, Laos hukumati kompaniyaning mamlakat havo hududidan uchishi bo‘yicha bergan arizasini tasdiqlamayapti.
Endi "Aeroflot" Vladivostok – Bangkok reyslarini uzaytirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi. Shunga qaramay, ushbu masala bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, aviakompaniya ijobiy natijaga erishishdan umid qiladi", – deyiladi kompaniya tarqatgan xabarda.