Lab va tanglay rivojida nuqsoni bo‘lgan 28 nafar bola bepul operatsiya qilinadi
Janubiy Koreyalik bir guruh malakali stomatologlar Toshkent viloyati Olmaliq shahriga tashrif buyurib, lab va tanglay yorig‘i rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
Janubiy Koreyalik bir guruh malakali stomatologlar Toshkent viloyati Olmaliq shahriga tashrif buyurib, lab va tanglay yorig‘i rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tibbiy ko‘rik doirasida koreyalik mutaxassislar dastlab Toshkent viloyati hududida istiqomat qilayotgan lab va tanglay yorig‘i rivojlanishida nuqsoni mavjud bo‘lgan bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi, natijasi bo‘yicha keyinchalik plastik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi rejalashtirishgan.
Janubiy Koreyaning Seul milliy universiteti stomatologik klinikasi professorlari Beng Mu Seo va Yong Xun Kim tomonidan shahar tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda mazkur turdagi kasallikdan aziyat chekayotgan 65 nafar bola ko‘rikdan o‘tkazildi.
Koreyalik mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, lab va tanglay rivojlanishida nuqsoni mavjud bo‘lgan 28 nafar bolada jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi zarur.
Shahar hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan plastik operatsiyalar joriy yilning aprel oyiga o‘tkazilishi belgilangan. E’tiborli jihati, operatsiyalar bepul amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.