La-Mansh orqali noqonuniy migrantlar oqimi avj olmoqda
Yil boshidan beri 40 mingdan ortiq noqonuniy migrantlar La-Mansh bo‘g‘ozi orqali Buyuk Britaniyaga qayiq suzib kelgan, deb xabar berdi “TheGuardian” nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan shanba kuni Birlashgan Qirollikka rekord darajada – 800 dan ortiq migrant yetib kelgan.
Manba mamlakatga qayiqda noqonuniy immigrantlar kirishi ko‘rsatkichlarini “sharmandali” deb atagan va hukumat choralar ko‘rayotganini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida: 2022 yilda Britaniyaga 45 ming 755 nafar migrant noqonuniy kirib kelgan edi.
S.Rahimov, O‘zA