Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Kyoln» futbolchilari tanasiga kamera o‘rnatib maydonga tushdi
17:34 / 2022-07-22

16 iyul kuni RheinEnergieStadion stadionida bo‘lib o‘tgan “Milan” va “Kyoln” futbol jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvida futuristik bodi-kamera texnologiyasi qo‘llanildi.

Translyatsiya sport ko‘rsatuvlari sohasida inqilobdek qarshi olindi, chunki “Kyoln” jamoasining ikki nafar o‘yinchisi –  Timo Xyubers va Mark Ut kamera va mikrofon bilan ta’minlandi. Futbolka ostiga o‘rnatilgan ushbu moslamalar tomoshabinlar uchun musobaqani juda qisqa masofadan tomosha qilish imkonini berdi, deb yozmoqda Goal nashri.  

Sun’iy intellektga ega badanga taqiladigan MindFly kamerasi teletomoshabinlar bilan o‘yinchilar orasidagi masofani yo‘qotishga qaratilgan, ya’ni ishqibozlar o‘yinni maydonda harakatlanayotgan futbolchi orqali tomosha qiladi.  

Texnologik mo‘’jizani amalga oshirish uchun o‘yinchilar unchalik katta bo‘lmagan kamera o‘rnatilgan yengil kamzulcha kiyishdi. Kamzul ustidan oddiy futbolka kiyilgani uchun kamera taqib yurgan o‘yinchilar boshqa jamoadoshlaridan unchalik ham ajralib qolgani yo‘q.  

Kamzulcha juda yengil, deyiladi xabarda. U badanga yopishib turadi lekin o‘yinchining harakatiga xalaqit qilmaydi. Hatto, sportchilar uni kiyganini bir necha daqiqadan keyin unutishadi ham.