Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXSHTning tinchlikparvar kontingenti Qozog‘istonda qachongacha qoladi?
16:34 / 2022-01-11

Bugun Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev deputatlar qarshisida so‘zga chiqib, KXSHT kuchlarining Qozog‘istonni tark etishi ikki kundan keyin boshlanishi haqida ma’lum qilgandi.

"KXSHTning tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondagi asosiy missiyasini muvaffaqiyatli yakunladi, ikki kundan keyin KXSHTning birlashgan tinchlikparvar kontingenti bosqichma-bosqich mamlakatni tark etadi. Jarayon o‘n kundan oshmaydi", – degandi u.  

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Toqayevning ushbu so‘zlariga munosabat bildirib, bu borada qaror qabul qilishga faqat rasmiy Nur-Sulton haqli, Rossiya aralashishga haqqi yo‘q, deb aytdi. "Ushbu qaror to‘laligicha KXSHT yordam so‘rab murojaat qilgan mamlakat ixtiyorida, bu ularning xulosasi va biz unga aralashishga haqqimiz yo‘q", — dedi Peskov “tinchlikparvar kuchlarini ikki kundan keyin olib chiqish qarori shoshilinch emasmi”, deb berilgan savolga javob berar ekan. 

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu esa KXSHTning kollektiv tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondagi missiyasini mamlakatda vaziyat to‘liq barqarorlashgandan keyin, respublika rahbariyatining qarori bilan tamomlaydi, deb bayonot berdi.  

"Kollektiv tinchlikparvar kuchlarining vazifasi Qozog‘iston Respublikasida vaziyat to‘liq barqarorlashgunicha davom etadi, va tabiiyki, mamlakat rahbariyatining qarori bilan mamlakatdan olib chiqiladi", – dedi Shoygu seshanba kuni o‘tkazgan selektor kengashida.  

Vazirning aytishicha, "ayni damda KXSHTning kollektiv tinchlikparvar kuchlari Qozog‘iston hududidagi harbiy va ijtimoiy muhim ob’ektlarni qo‘riqlash bo‘yicha o‘zlariga topshirilgan vazifani bajarmoqda". O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi KXSHTning Qozog‘istondagi missiyasi yakunlashini muhim, deb hisoblashini va vaziyat barqarorlashgandan keyin kuchlarning haqiqatan ham olib chiqilishini kutayotganini ma’lum qildi. 

Yevroittifoqning tashqi siyosat xizmati rasmiy vakili Piter Stano RIA Novostiga intervyu berar ekan, "Muhimi, KXSHT missiyasining nihoyasini ko‘rish va vaziyat barqarorlashgandan keyin xorijiy kuchlarning amalda olib chiqib ketilishidir", – dedi. U shuningdek, "Qozog‘istonga ko‘rsatilgan tashqi harbiy yordam mamlakatning suvereniteti va mustaqilligiga hamda barcha fuqarolarning huquqlariga rioya qilishi lozim".