Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDRning harbiy sun’iy yo‘ldoshi tayyormi?
12:53 / 2023-04-19

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatda harbiy razvedka yo‘ldoshi yaratilganini ma’lum qildi va qurilmani o‘z vaqtida uchirishni buyurdi. Bu haqda KXDR Markaziy axborot agentligi yozgan.

Ma’lumotga ko‘ra, 18 aprel kuni Kim Chen In ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari yuqori mansabdor shaxslari, shuningdek, Koreya Xalq Armiyasi Bosh razvedka boshqarmasi qoshidagi texnik razvedka bo‘linmasi qo‘mondonlik shtabi bilan birga Kosmosni tadqiq qilish davlat boshqarmasiga tashrif buyurgan.

Rahbar Koinot fanlari akademiyasi va fazoviy sinov bazasini ko‘zdan kechirdi.

Kim Chen In “AQSH va Janubiy Koreya hamkorligida davom etayotgan harbiy mashg‘ulot tufayli bu ishlar xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirli vaziyatning oldini olishga qaratilgan, ayni vaziyatda harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshini qo‘lga kiritish va bunday moslamadan foydalanish “o‘zini himoya qilish huquqi” doirasida mamlakat uchun “juda muhim, eng ustuvor vazifa ekani”ni ta’kidladi.

Kim Chen In 2022 yil dekabr oyi oxirida bo‘lib o‘tgan plenumda tezroq birinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshi va raketasi yaratilishini nihoyasiga yetkazish va qurilmani uchirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Pxenyan aprel oxiriga qadar bu topshiriqni bajarish rejalashtirilganini bildirdi.