Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDRda ehtimoliy voris tayyorlanyaptimi?
20:40 / 2026-02-26

Pxenyanda o‘tkazilgan harbiy paradda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning qizi Ju E otasi yonida ko‘rinish berdi. Davlat axborot vositalari e’lon qilgan suratlarda u marosimni yuqori martabali qo‘mondonlar bilan bir safda turib, kuzatayotgani aks etgan.

Tahlilchilar hukmron Mehnat partiyasi 9-qurultoyiga yakun yasagan mazkur forumni siyosiy yo‘nalishdagi ehtimoliy o‘zgarishlar nuqtai nazaridan diqqat bilan kuzatmoqda. Ayniqsa, tadbirda Ju E qatnashishi meros masalasiga oid bahsni yanada jonlantirdi.

Yaqinda Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati parlament a’zolariga Ju E davlat qarorlariga muayyan darajada jalb etilayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Bu qadamlar qizaloq ichki tartibda ehtimoliy voris o‘laroq shakllantirilayotganini anglatishi mumkin.

Ilk bor 2022-yil oxirida qit’alararo ballistik raketa sinovi chog‘ida jamoatchilikka tanishtirilgan Ju E shundan buyon harbiy bayramlar va boshqa yirik davlat tadbirlarida tez-tez namoyon bo‘lyapti. Davlat targ‘ibot ma’muriyati uning ommaviy qiyofasini bosqichma-bosqich mustahkamlab boryapti.

Musulmon Ziyo, O‘zA