Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat harbiy-havo kuchlari tashkil etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Yonhap” axborot agentligi.
Yubiley marosimida nutq so‘zlagan Kim “O‘lka harbiy havo kuchlariga muhim strategik vazifalar yuklanadi”, dedi.

“Rodong Sinmun” gazetasi e’lon qilgan suratlarda u dronlar va mobil raketa uchirish moslamalarini kuzatayotganini ko‘rish mumkin.
KXDR o‘zining an’anaviy harbiy kuchlarini modernizatsiya qilishni davom ettirar ekan, havo kuchlarini mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

“Reuters” nashri yozishicha, Shimoliy Koreya kichik qisqa masofali “First Person View” (FPV) dronlari, shuningdek, kattaroq o‘rta masofali uchuvchisiz uchoqlarni ommaviy ishlab chiqarishni allaqachon yo‘lga qo‘ygan.
– Harbiy-havo kuchlari dushmanlarning har qanday josuslik harakatlari va ehtimoliy provokatsiyalarini qat’iyat bilan qaytarishi va nazorat qilishi kerak, - dedi Kim o‘z nutqida.

KXDR yetakchisining qizi ham tadbirga otasi bilan birga bordi va sentyabr oyi boshida Pekindagi harbiy paradda qatnashganidan beri birinchi marta ommaviy axborot vositalarida chiqish qildi.
Mamlakatning “yadro urushi oldini olishda rol o‘ynaydigan” harbiy-havo kuchlaridan umidlari haqiqatan ham buyuk”, deya Kimning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA).

O‘.Alimov, O‘zA