Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDR yana yadro sinoviga tayyorlanmoqda
11:49 / 2022-08-02

AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning bayonot berishicha, Shimoliy Koreya yangi yadro sinoviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

"Biz siz bilan bu yerda uchrashib turgan bir paytda Pxenyan yettinchi yadro sinovini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda", - dedi Blinken BMTda Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada so‘zga chiqib.

Iyun oxirida Janubiy Koreya Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi yana bir bor KXDR yadro sinoavini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan infratuzilmani “ma’lum darajada” yakunlaganini, ta’kidlagan edi, biroq sinov qachon o‘tishi mumkin bo‘lgan vaqtni ayta olmagandi.