Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDR yana raketa uchirdi, unga Yaponiyaning munosabati
09:11 / 2022-10-14

Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi Tokioda o‘tgan matbuot anjumanida Shimoliy Koreyaning raketa uchirishlari, jumladan, mahalliy vaqt bilan jumaga o‘tar kechasi amalga oshirilgan raketalar mamlakatimiz, mintaqa va xalqaro hamjamiyat xavfsizligiga tahdid solayotganini aytdi.

“Bularni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Biz buni keskin qoralaymiz”. 

Vazir “Yaponiya, AQSH va Koreya Respublikasi rasmiylari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida voqea yuzasidan yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini” ta’kidladi.  

Avvalroq Yaponiya Mudofaa vaziri Yasukadzu Xamada KXDR tomonidan uchirilgan ballistik raketa taxminan 650 kilometr masofani bosib o‘tgani, uning maksimal parvoz balandligi taxminan 50 kilometr bo‘lganini ma’lum qilgandi. U dengiz yaqinidagi Yaponiyaning iqtisodiy zonasidan tashqariga tushgandi.  

Yil boshidan buyon KXDR kamida 27 marta, jumladan, qit’alararo ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazgani aytiladi.

O‘zA