French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDR uchirgan raketalarning biri qit’alararo raketa bo‘lishi mumkin
11:09 / 2022-11-03

Shimoliy Koreya uchirgan raketalarning biri qit’alararo bo‘lishi mumkin, dedi Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida jurnalistlarga. "Shimoliy Koreya bir nechta raketa parvozini amalga oshirdi. Bizning gumonimizcha, ularning biri qit’alararo uchadigan raketa bo‘lishi mumkin", – deya aniqlik kiritdi kun chiqar mamlakat hukumati rahbari.

Xabarda keltirilishicha, avval boshda raketalarning biri Yaponiya hududidan uchib o‘tgan, shu bois tezkor xabar beradigan J-Alert tizimi ishlab ketgan. Biroq keyinchalik mamlakat mudofaa vaziri Yasukadzu Xamada "chuqur tahlillardan keyin raketa Yaponiya hududidan uchib o‘tmagani ma’lum bo‘ldi”, deb bayonot bergan. Xabarda ta’kidlanishicha, raketa Yapon dengiziga qulagan bo‘lishi mumkin, chunki raketa aynan mazkur hududda ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

Ikkinchi va uchinchi raketalarning parvozi haqida ma’lumotlar haligacha keltirilmayapti, deyiladi xabarda.