Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDR uchirgan raketa Yaponiya dengiziga quladi
09:00 / 2022-01-11

Janubiy Koreya harbiylari xabar berishicha, KXDR tomonidan Yaponiya dengiziga noma’lum raketa uchirilgan.

«Kyodo» agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Yaponiya mudofaa vazirligi avvalroq ballistik raketa sinovdan o‘tkazilishi mumkinligini taxmin qilgandi.
Keyinchalik, Shimoliy Koreyada uchirilgan raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqaridagi dengizga borib qulagan. Hozircha kema va samolyotlarga zarar yetgani to‘g‘risida hech qanday xabar yo‘q.
KXDR harbiylari tomonidan raketa uchirilishi odatiy hol bo‘lmasa-da, so‘nggi paytlarda bu haqda tez-tez yangiliklar chiqmoqda. Masalan, 5 yanvar kuni mamlakatda gipertovushli raketa sinovdan o‘tkazilgani, yanayam avvalroq haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, KXDR yangi ballistik raketa suv osti kemalarini ham sinovdan o‘tkazgan.
Darvoqe, bir necha kun avval mamlakatning hukmron Mehnat partiyasi yig‘ilishida mudofaa tizimini yaxshilash muhimligi qayd etilgan.