Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDR raketasining maksimal tezligi tovushdan 16 marta yuqori ekan
17:26 / 2022-01-30

“Yonhap” xabariga qaraganda, Shimoliy Koreya tomonidan bugun uchirilgan navbatdagi raketa parvozi davomida, M=16, ya’ni tovush tezligidan 16 barobar yuqori darajani ko‘rsatgan.

Koreya Respublikasi harbiylari orasidan bir manba Seulda jurnalistlar uchun taqdim etilgan ma’lumotga quyidagicha aniqlik kiritdi: (Maksimal. — Izoh tahririyatniki) Tezlik, taxminan, 16 Max. Janubiy Koreya va AQSH razvedka idoralari ta’kidicha, bu o‘rtacha uzoqlikka uchadigan ballistik raketa".

Mutaxassis qo‘shimcha qilishicha, raketa eng yuqori tezlikni yerdan ko‘tarilish chog‘ida qayd etgan.
Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashi mazkur voqeaga nisbatan keskin salbiy munosabat bildirdi va "Koreya yarim orolida beqarorlik keltirib chiqaruvchi" harakatlarni bas qilishga chaqirdi.
Seul avvalroq KXDR Chagando provinsiyasidan turib Yapon dengizi tomon ballistik raketa sinovi o‘tkazganini e’lon qilgandi. O‘shanda uchish uzoqligi, taxminan, 800 kilometrni, balandligi esa 2000 kilometrni tashkil etgan.
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In bunday harakatlar Pxenyan tomonidan Qit’alararo ballistik raketa uchirish va yadro sinovi o‘tkazishga nisbatan joriy qilingan moratoriyning buzilishi, deya baholamoqda. Janubiy Koreya ushbu bitimga 2017 yildan buyon amal qilib kelyapti.
KXDR yetakchisi Kim Chen In esa "AQSHga nisbatan ishonchni mustahkamlash" choralarini qayta ko‘rib chiqish va "vaqtincha to‘xtatilgan barcha harakatlar"ni jonlantirish masalasini o‘rganib chiqish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi.