Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDR raketalarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi
09:50 / 2022-10-13

Shimoliy Koreyaning “STAK” davlat agentligi 12 oktyabr, payshanba kuni, deyarli, uch soat davomida “uzoq masofaga uchadigan strategik qanotli raketalar” ikki ming kilometr masofani bosib o‘tganini ma’lum qilib, sinovni muvaffaqiyatli o‘tdi, deb baholadi.

Odatda Pxenyan raketa uchirishi xabarini birinchi bo‘lib Yaponiya, Janubiy Koreya yoki AQSH berar edi. Bu safar boshqacha bo‘lmadi, deb yozadi “TASS”.

Hisobotda, shuningdek, raketalar “Koreya xalq armiyasining taktik yadroviy bo‘linmalarida joylashtirilgani” aytiladi. Yadro kallaklarini o‘rnatish mumkin yoki yo‘qligi haqida esa gapirilmagan.

KXDR rahbari Kim Chen In ma’lum qilishicha, raketa sinov uchishi davomida 10 ming daqiqa 234 soniyada Sariq dengiz ustidan o‘tib, ikki ming kilometrli mo‘ljalgan yetib borgan.

“Mazkur raketalarning uchirilishi dushmanlar uchun juda aniq ogohlantirish”, degan Shimoliy Koreya yetakchisi.

O‘zA