Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDR ocharchilikni bartaraf qilish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikka tayyor
12:56 / 2023-08-18

Shimoliy Koreya hukumati mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi yuz berayotganini tan oladi va muammoni hal qilish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirmoqda, deb bayonot berdi payshanba kuni BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Tyurk.

“Mamlakatning ayrim hududlarida ocharchilik avj olgani haqida ma’lumotlar bor. Hukumat ham ushbu muammolarning ayrimlarini tan olmoqda va ularni hal qilishda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirmoqda”, – dedi Tyurk v BMT Xavfsizlik kengashida KXDRdagi vaziyatga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisda.  

Shu bilan birga, Tyurkning ta’kidlashicha, bugungi kunda Pxenyan chegaralarini ochishni xohlamayotgani sababli gumanitar sohada xalqaro tashabbuslarni rad etib kelmoqda.  

“Xalqaro gumanitar tashkilotlar, jumladan, xorijiy davlat fuqarolari uchun mamlakatga kirish taqiqlangan. O‘tmishda KXDR xalqi jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklar, ba’zan qatag‘on davrlarni boshdan o‘tkazdi, hozir esa xalq ocharchilikdan ham aziyat chekmoqda”, – deya qo‘shimcha qildi Tyurk.  

Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, hozirda Shimoliy Koreya fuqarolari nafaqat ocharchilik, balki dori-darmon tanqisligi muammosiga ham to‘qnash kelgan.