KXDR hukumati ballistik raketalarni uchirganini tasdiqladi
Shimoliy Koreya hukumati o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa uchirganini tasdiqladi, deyiladi “REGNUM” xabarida.
“Yonhap” agentligi Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lumotiga tayanib yozishicha, shimolliklar yapon dengizi tomon “Hwasong-12” ballistik raketasini baholash maqsadida uchirganini tasdiqlagan. Sinov muvaffaqiyatli o‘tgani, raketaning aniqligi, xavfsiz va samarali ekani qayd etilgan. “Hwasong-12” qit’alararo ballistik raketa bo‘lib, ilk bor 2017 yilda sinovdan o‘tkazilgan. Yil boshidan buyon KXDR yetti marta raketa uchirdi. Janubiy Koreya shimolliklar bu turdagi amaliyotga qo‘yilgan moratoriyni rad etishga yaqin turganidan xavotirini ma’lum qilgan.
Avvalroq, Yaponiya ham Shimoliy Koreya uchirgan raketaga nisbatan norozilik bildirgandi.