Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDR: AQSH provokatsiyalarni to‘xtatishi kerak
08:58 / 2023-02-24

KXDR noroziligiga e’tibor bermaslik va AQSH tomonidan unga qarshi provokatsion harakatlarni davom ettirishni urush e’lon qilish, deb baholash mumkin. Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi bu haqda Tashqi ishlar vazirligi AQSH bilan munosabatlarni nazorat qiluvchi departamenti rahbari Kvon Chjon Ginga tayanib xabar berdi.

“Qo‘shma Shtatlar bir necha bor e’tiroz va ogohlantirishlarimizni e’tiborsiz qoldirib, KXDRga nisbatan provokatsion harakatlarni davom ettirish, dushmanlikni avj oldirish davlatimizga qarshi urush e’lon qilish, deb baholanishi mumkinligini anglab yetishlari kerak”, dedi u.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Koreya yarim orolida keskinlikning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qo‘shma Shtatlar strategik aktivlarini joylashtirishdan va Janubiy Koreya bilan KXDRga qarshi qaratilgan harbiy mashg‘ulotlardan voz kechishi kerak.

O‘zA