Kuzgi shudgorlash ishlarini sifatli tashkil etishga oid seminar
Namangan viloyati Norin tumanidagi “Jamshid Botirov” fermer xo‘jaligida 2024 yil hosili uchun puxta zamin yaratish yuzasidan kuzgi shudgorlashni sifatli o‘tkazish, yerga-yer qo‘shish, dala chetlariga ko‘chat ekish, ichki ariqlarni tozalash hamda betonlashtirish tadbirini sifatli o‘tkazishga bag‘ishlangan viloyat ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari A. Hakimov, tuman hokimi J. Nurmatov hamda sektorlar rahbarlari, qishloq xo‘jaligiga mas’ul mutasaddi tashkilotlar mutasaddilari va mutaxassislar, MMTP va mahallalar raislari, hokim yordamchilari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida shudgorlash, dala qirg‘oqlariga to‘qsonbosti usulida ekin ekish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va uning istiqbollariga oid ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Ayni paytda tumanda ochiq maydonlarni shudgorlash ishlari boshlangan. Hademay paxta yig‘im-terimi tugashi bilan ushbu tadbirlarga keng ko‘lamda kirishiladi.
[gallery-14255]
O‘zA fotomuxbiri
Hotam Mamadaliyev olgan suratlar