Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuzgi mavsumda hududlarda ekilgan 91 million tup ko‘chatning to‘g‘ri parvarish etilishi qay tarzda nazorat qilinadi?
11:05 / 2023-12-20

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni sifatli o‘tkazish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Respublika shtabi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tuman va shahar hokimliklarida ishchi guruhlar va shtablar tashkil etildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati rahbari Lola Rahmonboyeva tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning kuz mavsumida ko‘chat narxlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida har bir tuman va shaharda o‘rmon xo‘jaliklari va ko‘chatchilik bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar jalb etilib, 721 ta savdo nuqtasida ko‘chat yarmarkalari tashkil etilgan.  “yashilmakon.eco” elektron platformasida tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, respublika hududlarida 91 million tup, ya’ni rejaga nisbatan 107 foiz daraxt ko‘chati ekilishi ta’minlangan. 

Ko‘chat ekish bo‘yicha nazorat tadbirlarini olib borish maqsadida respublika bo‘yicha 616 nafar xodim jalb qilingan va ular 600 ta planshet, 16 ta uchuvchisiz uchish qurilmasi, 250 ta “vlagomer” bilan ta’minlangan.  

“Yashil belbog‘”larni sug‘orish tizimlari bilan ta’minlash maqsadida hududlarda 893 ta suv chiqarish quduq qazilgan,  1058,7 km uzunlikda sug‘orish tizimlari joriy etilib, suv manbasi bo‘lmagan hududlarga ko‘chatlarni sug‘orish uchun 610 ta maxsus texnikalar jalb etilgan. 

O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tupdan  jami 2 million tup, maktabgacha ta’lim muassasalariga 836 ming tup, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalariga 900 ming tup ko‘chat bepul yetkazib berilgan.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA