Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida tashkil etilgan amaliy seminar kuzda yetishtiriladigan ekinlar masalasiga bag‘ishlandi.
– Kuz ekinlari – bu shunchaki kishloq xo‘jaligi tadbiri emas, bu – bozordagi barqarorlikni saqlash, aholining qishda ham arzon va sifatli ko‘kat-sabzavotlar bilan ta’minlanishini kafolatlashga qaratilgan muhim vositadir, – dedi O‘zbekiston fermerlari kengashi bo‘lim boshlig‘i Xursanoy Islomova.

Seminar “Hamdo‘stlik” va Y. Zohidov nomli Suv iste’molchilari uyushmasi hududida joylashgan ilg‘or fermer xo‘jaliklarida tashkil qilindi. Bu yerda dehqonlar ham nazariy, ham amaliy jihatdan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.


Mazkur seminar Prezidentimizning 2018 yil 26 apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish” haqidagi qarori ijrosini ta’minlashdagi izchil harakatlardan biri sifatida ham ahamiyatga ega bo‘ldi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA