Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuzatuvchilar missiyalari saylovga tayyorgarlik yuqori saviyada yo‘lga qo‘yilganini e’tirof etdi
18:47 / 2024-10-25

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi munosabati bilan xorijiy kuzatuvchilar va xalqaro tashkilotlar vakillari yurtimizda bo‘lib, saylovga tayyorgarlik jarayonlarini kuzatmoqda. Bugun, 25 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida bir qator kuzatuvchilar missiyasi va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, kunning birinchi yarmida MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev MDH Parlamentlararo Assambleyasi (PA) guruhi koordinatori, Qirg‘iz Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T.Masabirov, Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Fan, ta’lim va madaniyat masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I.Umaxanov, MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi kuzatuvchilar delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

[gallery-19992]

Uchrashuvlar chog‘ida Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizomxo‘jayev Saylov kodeksiga kiritilgan yangi normalarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar va proporsional saylov tizimi asosida bo‘lib o‘tishi, bunda deputatlarning 75 nafari majoritar tizim asosida, qolgan 75 nafari esa proporsional saylov tizimi asosida saylanishini qayd etdi.

Shuningdek, delegatsiyalar vakillariga milliy saylov amaliyotiga joriy qilingan “E-Saylov” axborot tizimi, uning afzalliklari va imkoniyatlari, saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirish Konsepsiyasi asosida barcha darajadagi saylov ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalari oshirilgani, saylovoldi tashviqoti jarayonida siyosiy partiyalar va nomzodlarga yaratib berilgan teng sharoitlar, tashviqotda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish mumkinligi haqida ma’lumotlar berildi.

[gallery-19994]

Suhbatlar chog‘ida kuzatuvchilar missiyasi va xalqaro tashkilotlar vakillari saylovlarga demokratik tamoyillarga xos tayyorgarlik ko‘rilgani, xalqaro normalar va standartlarga to‘la mos kelishi, fuqarolarning emin-erkin ovoz berishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganini alohida e’tirof etib o‘tdi. Xususan, MDH Bosh kotibi S.Lebedev Markaziy saylov komissiyasi bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan tashkiliy va huquqiy ishlarni yuqori saviyada yo‘lga qo‘yganini, nomzodlar orasida ayollar 40 foizdan yuqoriligi gender tenglik siyosatiga mutanosib ekanini hamda nogironligi bo‘lgan insonlarga yaratilayotgan sharoitlarni alohida e’tirof etdi.

Ta’kidlash joiz, kuzatuvchilar missiyalari va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari vakillari yurtimizning har bir hududida saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatib boradi. Missiyalar bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, kuzatuvlari bo‘yicha xulosa va tavsiyalarini berishni rejalashtirgan.

[gallery-19995]

Muhtarama Komilova, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA