Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuzatuvchilar malaka oshirdi
12:43 / 2023-06-16

Buxoroda Demokratiya va inson huquqlari instituti hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasida muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovlari oldidan, mahallalardan ko‘rsatilgan kuzatuvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish masalalari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi oldidan o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ko‘rsatilgan kuzatuvchilarning huquqiy bilimlari oshirildi.

Seminarni Oliy Majlis Senati a’zosi, Ombudsmanning Buxoro viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili Abira Huseynova boshqardi.    

Tadbirda Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, yuridik fanlar nomzodi Sayyora Xo‘jayevaning  “O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar va ularning xalqaro me’yorlarga mosligi”, yuridik fanlar nomzodi Shoira Umarovaning “Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, ularning vakolatlari, funksiyalari, vazifalari to‘g‘risida” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi. Unda mamlakatimiz milliy saylov tizimidagi izchil va keng ko‘lamli islohotlar muddatidan avvalgi Prezident saylovida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikning amalda keng ta’minlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.  

[gallery-12372]

Trening ishtirokchilariga “O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar va ularning xalqaro me’yorlarga mosligi”, “Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, ularning vakolatlari, funksiyalari va vazifalari” haqida atroflicha tushunchalar berildi. Ta’kidlanganidek, milliy saylovlarda birinchi marotaba o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tanlab olingan kuzatuvchilar ishtirok etadi. Hozirga qadar siyosiy jarayonlarda faqatgina siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan kuzatuvchilar hamda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro kuzatuvchilar missiyasi ishtirok etgan. Endilikda mahalla fuqarolar yig‘inlaridan tavsiya etilgan kuzatuvchilar ham qatnashib, o‘z hududida Prezident saylovini qonunchilik talablari asosida o‘tishini kuzatib, bu borada jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.  

O‘quv davomida uning qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga ekspertlar tomonidan atroflicha javob qaytarildi. “Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish jarayonlarida kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari” mavzusida qo‘llanma tarqatildi.    

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA.