Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarini 850 nafar xorijiy kuzatuvchi kuzatib bormoqda. O‘zA muxbirlari xalqaro kuzatuvchilarning yurtimizdagi ushbu muhim siyosiy jarayonlar haqidagi fikr-mulohazalari bilan qiziqib, ularni o‘z o‘quvchilariga taqdim etib bormoqda.
Maldiv saylov komissiyasi raisi Fuvad Tovfiq saylov jarayonlari yaxshi tashkil qilinganini alohida e’tirof etdi:
— Men O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Raisining taklifiga binoan Hind okeanidagi Maldiv orollaridan keldim. O‘zbekistonga birinchi marta tashrif buyurdim. Saylovda barcha jarayonlar yaxshi tashkil qilinganini ko‘rib turibman. Yevropadan, Osiyodan, Afrikadan va boshqa turli davlatlardan saylovni kuzatish uchun kelgan kuzatuvchilar uchun ajoyib sharoitlar yaratilgan.
Bugun biz beshta hududda beshta saylov uchastkasini ko‘zdan kechirdik va saylov jarayoni juda samarali o‘tayotganini ko‘rdik. Hech qanday muammoni kuzatmadik. Har bir fuqaro ovoz berish uchun byulleten olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, biz elektron ovoz berish imkoni mavjud bo‘lgan ikkita saylov uchastkasiga ham bordik. Saylovchi elektron ovoz berish yoki byulleten orqali ovoz berishni xohlasa, shunga imkoniyat bor. Har kim o‘z xohishiga ko‘ra ovoz berish usulini tanlay oladi. Bu elektron ovoz berish yo‘lida juda yaxshi qadam, deb o‘ylayman. Chunki bugungi davr elektron ovoz berishga o‘tishning vaqti kelganini ko‘rsatmoqda. Maldivda hali ham qog‘oz byulletenlardan foydalaniladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ZvlCu6NyJgA?si=Iwn96R3PkQ30KbSs" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova,
A.Sodiqov, Yo.Meliboyev,
O‘zA muxbirlari