Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuzatuv monitoring ishlari davom etmoqda
14:50 / 2021-12-24

O‘zbekiston iste’molchi huquqlari jamiyatlari federatsiyasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha kuzatuv monitoringi davom etmoqda.

Monitoringdan maqsad iste’molchilarga yonilg‘i-energetika resurslari va ko‘mir mahsulotlarining o‘z vaqtida yetkazib berilishi, shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, ta’lim muassasalari, madaniyat va sport ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga qay darajada tayyor ekani va uni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tadbirlarni nazorat qilishdir. Bu borada turli viloyat va chekka hududlarda ham ishlar olib borilmoqda.
Xusucan,Federatsiya Raisi J.Sarimsoqov boshchiligida Qashqadaryo viloyatida joylashgan sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Unda viloyat, tuman va shaharlarida joylashgan poliklinikalar ko‘zdan kechirilib, iste’molchilarga yaratilgan sharoit, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, shifoxonadagi sanitariya qoidalari va elektr energiyasi hamda yong‘in havfsizligi qoidalariga amal qilish holati ham o‘rganildi.

Holat yuzasidan monitoring natijalari tez orada ma’lum qilinadi.

 

Maftuna KARIMOVA, O‘zA