Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuzatuv kengashi: sarhisob va vazifalar ustuvorligi
15:48 / 2022-05-17

Farmon va ijro

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida kuzatuv kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda jamiyat boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov va boshqalar 2022 yil I-chorak moliyaviy xo‘jalik faoliyati yakunlari, reja bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va transformatsiya jarayonlari xususida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek, joriy yil I-chorak yakunlari natijalariga asosan elektr energiyasi ishlab chiqarish 120 foizga, investitsiya loyihalarini o‘zlashtirish 101 foiz, Mahalliylashtirish dasturi 100 foiz, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasi 244 foiz va sanoat kooperatsiyasi rejasi 100 foizga bajarilgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 apreldagi 210-F-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”si ijrosiga e’tibor qaratildi. Unga ko‘ra, “McKinsey & Company” xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari tahlil etildi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi, – dedi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati Apparat rahbari Suhrob Hamroyev – Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida jamiyat kuzatuv kengashi huzurida Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi, Audit qo‘mitasi, Tayinlovlar va haq to‘lash qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qo‘mitasi tashkil etilib, qo‘mitalarning tarkibi va nizomlari tasdiqlandi. Shu bilan birga, jamiyatning kelgusidagi reja ko‘rsatkichlari, xususan, yarim yillik, to‘qqiz oy va yil yakuniga qadar bajariladigan dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kuzatuv kengashi tomonidan yil yakuniga qadar umumiy quvvati 258 MVt, qiymati 187 million dollar bo‘lgan 7 ta investitsiya loyihasini o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi alohida nazoratga olinishi haqida ham so‘z bordi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA