Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz-qishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
12:11 / 2024-10-10

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruhi hamda Buxoro viloyati prokuraturasi Buxoro tumanidagi “Sheyxoncha” mahalla fuqarolar yig‘inidan tushgan murojaatlarga asosan, ushbu hududdagi 476-sonli transformator punktida mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari bilan o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganishda, 476-sonli transformator punktidan uzoq masofadagi aholi xonadonlari va tadbirkorlik sub’ektlarida elektr quvvati ehtiyojdan pastligi aniqlanib, iste’molchilarni kuz-qish mavsumida sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha ravishda quvvati 63 kilovolt-amperli transformator punkti hamda temir beton tayanchlar o‘rnatilishi ta’minlandi.  

Ishchi guruh tomonidan viloyatda energetika xavfsizligini ta’minlashda kuz-qish davriga munosib tayyorgarlik ko‘rish, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlari hamda iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish, energiya tejamkorligini ta’minlash, energiya resurslaridan foydalanishda isrofgarchilikni kamaytirish borasidagi qonun hujjatlari ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.  

Viloyatda 99 mingta uylarning nostandart gaz yondirgichni zamonaviysiga almashtirish hisobiga 99,3 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si tasdiqlangan. Bugungi kunda 69,7 mingta nostandart gaz jihozlari zamonaviysiga almashtirilishi ta’minlandi.  

Xususan, ishchi guruh tomonidan Buxoro shahridagi “Imom Buxoriy” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi bilan mahalla binosida sohaga mas’ul idora vakillari ishtirokida gazni iqtisod qilish uskunalarining afzalliklari, ularning ishlatilishi va xavfsizligi xususida tushuntirish berildi. Tadbirda ushbu mahallada yashovchi 15 nafar hamda shaharning “Ko‘kaldosh”, “Hamid Olimjon” va “Alisher Navoiy” mahallalarida yashovchi jami 50 ta ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga gazni iqtisod qilish uskunalari bepul tarqatilib, jihozlar o‘rnatib berilishi ta’minlandi.  

Shuningdek, ushbu mahallada istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar N.Saloyeva va M.Mavlyanov xonadoniga 3 kvt.li energotejamkor quyosh panellari ham bepul o‘rnatildi.  

Davlat rahbarining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish  bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ro‘yxatidagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli o‘rganishlar o‘tkazish, ularni daromadli qilish, har bir oila kesimida individual rejalar tuzib, zarur choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.