Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
15:36 / 2025-09-08

Kuz-qish mavsumida insonlarning is gazidan zaharlanishi, odamlarning hayoti hamda sog‘lig‘iga tahdid soluvchi havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar kuzatiladi.

Shu kabi holatlarning oldini olish va aholiga tegishli tushunchalar berish maqsadida respublikamiz bo‘ylab kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan mavsumni betalafot o‘tkazish bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar tashkil etilmoqda.

 Bu kabi tadbirlar hududdagi aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari, bozorlar va savdo majmualarida olib borilib, aholiga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilishlari bo‘yicha tushunchalar berildi. 

Xususan, bunday tadbirlar Samarqand, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyatlarida o‘tkazildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, baxtsiz hodisalar aksariyat holatlarda tabiiy gaz va muqobil yoqilg‘i turlarini hamda isitish pechlarini ishlatishda gazdan foydalanish, texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani, gaz tarmog‘iga noto‘g‘ri ulanish, xonadonlarda ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik hamda dudburonlarning nosozligi oqibatida kelib chiqmoqda. 

Tadbirlarda aholiga bu haqda muhim ko‘rsatmalar berilmoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA